14 May 2024 yil 4977

Faoliyatni kuchaytirish talabi qo`yildi


Zomin ichki ishlar boshqarmasida viloyat IIB boshlig`ining o`rinbosari, podpolkovnik Rahmatulla Bo`riev raisligida tuman IIB shaxsiy tarkibining qonunbuzarliklarning oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashishga qaratilgan faoliyati tahliliga bag`ishlangan yig`ilish bo`lib o`tdi.

Bu jarayonda jinoyat sodir etilgan mahallalarda profilaktik tadbirlarni kuchaytirish, aholining huquqiy madaniyatini oshirish, kriminogen vaziyatga ko`ra patrullik yo`nalishlari tashkil qilish masalalari ko`rib chiqildi.

Shuningdek, 3- sektordagi mahallalarda ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal qilish, aholi murojaatlari bilan ishlash hamda “Qoradori-2024” tadbirlarini samarali o`tkazish yuzasidan topshiriq va tavsiyalar bildirildi.

Text to speech