Faoliyat tahlil etildi
Jizzax viloyati IIB huzuridagi tergov boshqarmasi hamda uning quyi bo’linmalari va ekspert kriminalistika bo’linmalari tomonidan joriy yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar va yo’l qo’yilgan kamchiliklar muhokama qilindi. Yig’ilishda xodimlarning xizmat faoliyati davomida erishgan ijobiy natijalari, tergov ko’rsatkichlari, tizimda amalga oshirilayotgan islohotlar, yaratilgan shart-sharoitlar xususida so’z bordi. SHuningdek, o’tgan davrda jinoyatlarni tergov qilish va ekspertiza faoliyatlarida yo’l qo’yilgan kamchiliklar, murojaatlar bilan ishlash va boshqa yo’nalishlar tanqidiy tahlil qilindi.
Yig’ilish davomida ijobiy ko’rsatgichlarga erishib, hamkasblariga o’rnak bo’lib kelayotgan tergovchi va surishtiruvchilarning yutuqlari e’tirof etilib, ular Tergov departamenti va viloyat IIBning faxriy yorliq, pul mukofoti va qimmatbaho sovg’alar bilan birga xodimlarga xizmatda foydalanish uchun zamonaviy komp’yuterlar jamlanmasi topshirildi.
Xizmat faoliyati muhokamasi yakunida xodimlarda vatanparvarlik, kasbga sadoqat, jasurlik kabi hislatlarni shakllantirishga xizmat qiladigan videoroliklar namoyish etildi. SHu kuni tergov va ekspert kriminalistika sohalarida qo’llash uchun maxsus jihozlangan “Mobil tergov” va “Ko’chma kriminalistik labarotoriya” avtomashinalarining taqdimotlari o’tkazildi.