“Farovon kelajak sari” respublika forumi yakunlari
Avval xabar berganimizdek, Jizzax viloyatida “Farovon kelajak sari” III respublika forumi bo’lib o’tdi. Forumning ikkinchi kuni ishtirokchilar Zomin shahridagi “YOshlar markazi”ga to’plandilar. YAna ham aniqrog’i, tadbirda respublikamizning barcha hududlaridagi ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish hududiy bo’limlari rahbarlari, Toshkent shahri, viloyatlar Qoraqalpog’iston Respublikasi ichki ishlar organlarining jamoat xavfsizligi xizmati huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmalarining xotin-qizlar masalalari bo’yicha bo’limlari boshliqlari hamda Jizzax viloyatidagi davlat va jamoat tashkilotlarida mehnat qilayotgan faol ayollar ishtirok etdilar.
Forumda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini ta’minlash maqsadida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar tilga olindi. Mavzu yuzasidan respublika Ichki ishlar vazirining o’rinbosari, polkovnik Bekmurod Abdullayev, Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig’i, general-mayor G’ayrat Qodirov, oila va xotin-qizlar davlat qo’mitasi raisining o’rinbosari Nodira Egamberdiyeva, mazkur qo’mita huzuridagi ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish respublika markazi raisi Muqaddam Rasulova so’zga chiqdi.
Notiqlar tomonidan xotin-qizlarning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy faolligini kuchaytirish, ularning bilim olishlari, kasb-hunar egallashlari maqsadida yaratilayotgan imkoniyat va imtiyozlar tilga olindi. SHuningdek, tazyiq va zo’ravonlikka uchraganlarga psixologik, huquqiy, tibbiy va ijtimoiy yordam ko’rsatish, gender tengligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.
Xususan, nizolashayotgan oila a’zolarini yarashtirish, oilaviy kelishmovchiliklardan aziyat chekayotganlarga himoya orderi berish, ichki ishlar organlarining xotin-qizlar masalalari bo’yicha inspektorlari, profilaktika inspektorlari hamda inspektor-psixologlarning davlat va jamoat tashkilotlari bilan hamkorligini kuchaytirish masalalari yig’ilganlar diqqat markazida bo’ldi.
Xotin-qizlarni zo’ravonlik va tazyiqlardan himoyalashga qaratilgan takliflar bilan o’rtoqlashildi. Jumladan, himoya orderlari muddatini 1 yilga uzaytirish, profilaktika xizmatining mobil’ tayanch punktlari orqali aholiga psixologik va huquqiy xizmat ko’rsatish, jazo muddatini o’tayotgan ayollarni kasb-hunarga o’qitish yo’lga qo’yilishi yuzasidan fikrlar bayon qilindi. O’z navbatida xotin-qizlarni zo’ravonlik va tazyiqlardan himoyalash borasidagi faoliyati inobatga olinib, Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi jamoat xavfsizligi xizmatiga mobil’ tayanch punkti sifatida foydalanish uchun Ichki ishlar vazirligi tomonidan avtobus ajratilishi e’lon qilindi.
Forum davomida Jizzax viloyatining faol xotin-qizlari, chunonchi, nogiron bo’lishiga qaramasdan tadbirkorlik qilayotganlar, ishbilarmonlar, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohiblari va muayyan yo’nalishda muvaffaqiyatlarga erishgan yoshlar, namunali oila vakillari taqdirlandi.
SHuningdek, forumda Zomin tumanida yashovchi, to’liq bo’lmagan oilada farzand tarbiyalayotgan 41 nafar xotin-qizni turar joy bilan ta’minlash maqsadida 22 million so’mdan 32 million so’mgacha bo’lgan miqdorda boshlang’ich to’lov to’lab berilishi e’lon qilindi va ularga bu to’g’ridagi sertifikatlar tantanali ravishda topshirildi.
SHu kuni forum qatnashchilari Zomin tumani markazidagi Qayirma mahalla fuqarolar yig’inida tazyiq va zo’ravonliklardan jabr ko’rgan xotin-qizlarlar uchun ochilgan 4 o’rinli reabilitatsiya shoxobchasi faoliyati bilan tanishdilar. Ular mazkur hududda tashkil etilgan bog’da daraxt ko’chatlari o’tqazdilar. SHu bilan forum o’z ishini yakunladi.