9 Noyabr 2022 yil 428

Firibgarning firibi fosh bo’ldi

SH.Rashidov tumani “Olmachi” MFYda yashovchi uy bekasi YA.R. tumanning “Qangli” QFYda istiqomat qiluvchi YA.X. hamda uning turmush o’rtog’i I.X. va ukasi D.U.larni tanishlari orqali viloyat ko’p tarmoqli shifoxonasi va tez tibbiy yordam ko’rsatish markaziga haydovchilik lavozimiga ishga joylashtirib qo’yishga ishontirgan. Xizmati evaziga 56 million so’m pul olib qaytarib bermagan.

Bundan tashqari YA.R. shu yilning 27 fevralida SH.Rashidov tumani “Pastki so’loqli” MFYda yashovchi uy bekasi G.R. va uning tanishlari Jizzax shahrining “Sayxon” MFYda istiqomat qiluvchi S.N. va boshqalarni viloyat ko’p tarmoqli shifoxonasiga hamshiralikka ishga kiritishni va’da qilib, 49 million so’m pullarni olganligi aniqlandi.

Holat yuzasidan Jizzax shahar ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi tergov bo’limi tomonidan O’zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo’zg’atilgan.

Text to speech