7 Aprel 2021 yil
585
Firibgarga aldandi
Pul ilinjida firibgarlar odamlar ehtiyojidan kelib chiqib, har qanday va’dani berishdan tortinmaydilar. Misol uchun Jizzax shahri Xayrobod mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi A.H. Xalqobod mahalla fuqarolar yig’inida istiqomat qiluvchi SH.Z.ning uy sotib olmoqchi ekanligini bilib qolgach, uni avray boshladi. Natijada 2020 yilning dekabr’ oyida “Tanishlarim orqali yangi qurilgan uylardan olib beraman”, deya SH.Z.ning 9 million 300 ming so’m pulini qo’lga kiritishga muvaffaq bo’ldi.
Biroz vaqt o’tgach uyni ham, pulni ham ololmasligini sezgan SH.Z. Jizzax shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasiga ariza yozdi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo’zg’atilgan.