9 Noyabr 2022 yil
430
Firibgarga jinoyat ishi ochildi
SH.Rashidov tumani “SHarilloq” MFY da istiqomat qiluvchi, Jizzax shahridagi sport texnik klubi o’qituvchisi A.S. Baxmal tumani “Olomon” MFYda yashovchi, avtomobillarga xizmat ko’rsatish korxonasi ish boshqaruvchisi vazifasida ishlab kelgan U.A.ni haydovchilik guvohnomasi olib berishga ishontirgan. Xizmati evaziga undan 400 AQSH dollari olib, ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.
Jabrlanuvchining bu haqdagi murojaati asosida holat yuzasidan O’zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo’zg’atilgan.