19 Dekabr 2022 yil
463
Firibgarga nisbatan jinoyat ishi qo’zg’atildi
Jizzax shahri Madaniyat mahallasida yashovchi N.B. ichki ishlar organlariga murojaat qilib, 2021 yilning yanvar’ oyida Buxoro viloyati Olot tumani G’alaba mahallasida yashovchi M.T. unga firib berganligini bildirgan.
Ma’lum bo’lishicha, M.T. “Tanishlarim orqali qizingizning o’qishini Qirg’izistondagi oliy ta’lim muassasasidan O’zbekistonga ko’chirib beraman”, degan vaj bilan jabrlanuvchidan 2400 AQSH dollari olgan. Afsuski, o’qish masalasi hal bo’lmadi, shu bilan birga pul egasiga qaytarilmadi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo’zg’atilgan.