18 Yanvar 2022 yil
620
Firibgarga nisbatan jinoyat ishi qo’zg’atildi
Ichki ishlar organlariga SHarof Rashidov tumani Katta qishloq mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi shaxs ariza bilan murojaat qilib, Jizzax shahrining Hamid Olimjon mahallasida istiqomat qiluvchi tanishi unga firib berganligini bildirgan.
Ma’lum bo’lishicha, tanish 2021 yilning 22 oktyabr’ kuni arizachidan 6 bosh qoramolini 68 million 500 ming so’mga savdolashib olgan. Ammo pulning 20 million so’mini berib, qolgan qismini nasiya qilgan. SHundan buyon jabrlanuvchi pulini ololmayapti. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo’zg’atildi.