25 Noyabr 2022 yil
433
Firibgarga nisbatan jinoyat ishi qo’zg’atildi
G’allaorol tumani Tozaurug’ mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi M.X. ichki ishlar organlariga murojaat qilib, tumanning Jiydali mahallasida yashovchi O.Q. unga firib berganligini bildirgan. Ma’lum bo’lishicha, 2019 yilning yanvar’ oyida O.Q. “Tanishlarim orqali nafaqangiz miqdorini oshiraman”, deya arizachidan 1 million 200 ming so’m olgan. 3 yildan oshiq vaqt o’tibgina jabrlanuvchining sabr kosasi to’lib, shikoyat qilishga qaror qilgan.
Surishtiruv davomida O.Q.ning yana bir jinoyati oshkor bo’ldi. U 2019 yilning yanvar’ oyida fuqaro M.X.ning qizini oliy yurtiga kiritib qo’yishni va’da qilib, Sarbozor mahallasi hududida 2 ming 150 AQSH dollari olgan. Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo’zg’atildi.