4 Noyabr 2021 yil
624
Firibgarga nisbatan jinoyat ishi qo’zg’atildi
Jizzax viloyati SHarof Rashidov tumani Qahramon mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi shaxs ichki ishlar organlariga murojaat qilib, unga firib berishganligini bildirgan.
Ma’lum bo’lishicha, Jizzax shahrining Qaliya mahallasida yashovchi fuqaro SHarof Rashidov tumanining Qahramon mahallasi hududidan arizachiga 6 sotix yer maydoni olib berishni va’da qilib, 75 million so’mini olgan.
Ammo u ahdida turmadi. SHu bois holat yuzasidan jinoyat ishi qo’zg’atilgan.