11 Oktyabr 2021 yil 648

Firibgarga jinoiy ish qo’zg’atildi

Jizzax viloyati SHarof Rashidov tumani Toqchilik mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi fuqaro ichki ishlar organlariga murojaat qilib, firibgar unga ziyon yetkazganligini bildirgan.

Ma’lum bo’lishicha, SHarof Rashidov tumani Qulfisar mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi shaxs tuman hududidan yer uchastkasi olib berishni va’da qilib, arizachidan 40 million so’m olgan. Ammo u na ahdida turdi, na pulni qaytardi. SHu sababli holat yuzasidan tegishli tartibda jinoyat ishi qo’zg’atildi.

Text to speech