10 Noyabr 2021 yil
588
Firibgarning firibi fosh bo’ldi
Jizzax shahrining Birlik mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi shaxs ichki ishlar organlariga murojaat qilib, Namangan shahri Zarafshon mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi tanishining ustidan ariza yozdi.
Ma’lum bo’lishicha, ushbu fuqarolar Jizzax shahrining O’rtatepalik mahallasi hududidagi tamaddixonada ovqatlanishgan.
Mazkur jarayonda namanganlik tanish sherigining uyali aloqa vositasini gaplashish uchun olib, qaytarib bermagan. Bu ham yetmagandek u telefonni sotib yubordi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo’zg’atilgan.