25 Mart 2022 yil 783

Firibgarning firibi fosh bo’ldi

Do’stlik tumani Sanoatchilar mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi shaxs firibgarlikning antiqa usulini qo’lladi va shunga yarasha jazoga tortiladigan ko’rinadi.

CHunonchi, u muayyan haq evaziga Mirzacho’l tumanining Ipak yo’li qishloq fuqarolar yig’inida istiqomat qiluvchi fuqaroga ichki ishlar organlaridagi tanishlari orqali u aralashib qolgan jinoyat ishini tugatishni va’da qildi.

Bundan xabar topgan soha vakillari tezkor tadbir o’tkazib, 250 AQSH dollari olgan firib ustasini qo’lga oldilar. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo’zg’atildi.

Text to speech