12 Oktyabr 2022 yil
504
Firibgarning yolg’oniga uchganlar
2021 yilning aprel’ oyida Jizzax viloyatining Zomin tumanidagi haydovchilarni tayyorlovchi maktab mutaxassisi, shu tumanning SHirin mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi U.O’. haydovchilik guvohnomasi rasmiylashtirib berishni va’da qilib, G’allakor mahalla fuqarolar yig’inida istiqomat qiluvchi A.J.dan 1 million 600 ming so’m oldi.
Lekin bu ishning uddasidan chiqmadi. Jabrlanuvchining murojaati asosida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o’tkazilgan surishtiruv davomida ayblanuvchi xuddi shunday yo’l bilan yana 9 nafar fuqarodan 17 million 820 ming so’m olgani ma’lum bo’ldi. Firibgarga nisbatan jinoyat ishi qo’zg’atildi.