12 Oktyabr 2024 yil 2801

Forishda muammolarga echim izlandi


Forish tumanida Jizzax viloyati ichki ishlar organlari, sudlar, prokuratura, adliya va soliq idoralari rahbarlarining aholi va yoshlar uchun ommaviy sayyor qabuli bo`lib o`tdi.   Ushbu jarayonda Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig`i, general-mayor G`ayrat Qodirovdan elektr ustunlari va transformatorlarni yangilash, ichki yo`llarga shag`al yotqizish, ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash, internet tarmog`i tortish, davolanish, qonunbuzarga nisbatan chora ko`rish kabi masalalarda ko`mak so`raldi. O`z navbatida 3- sektor rahbari tegishli tashkilot va korxonalar mutsaddilariga mavjud muammolarni hal qilish yuzasidan topshiriqlar berdi.

  Joyi kelganda aytish joiz, 3- sektor ishchi guruhi tomonidan aholining turmush madaniyatini yuksaltirish, hudud infratuzilmasini yaxshilash, bandlikni ta’minlash borasida e’tiborga molik ishlar amalga oshirilmoqda. Soha vakillarining qonubuzarliklarning oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasidagi ko`rsatkichlari ham e’tirofga loyiq. Shu ma’noda ommaviy sayyor qabulga minnatdorchilik bildirmoq niyatida kelganlar bo`ldi.

Ta’kidlash kerak, Prezidetimiz tashabbusi va topshiriqlari asosida tashkil qilinayotgan bu kabi ommaviy sayyor qabullar fuqarolarning idorama-idora sarson bo`lishlarining oldini olishga, dardu tashvishlarini aritishga xizmat qilmoqda. Yana bir ma’lumot: viloyat huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari rahbarlarining sayyor qabullarini muntazam o`tkazish rejalashtirilgan.

Text to speech