Forishda sektor rahbari aholi bilan muloqot o`tkazdi
Forish tumanida Jizzax viloyati
ichki ishlar boshqarmasi boshlig`ining aholi bilan sayyor qabul o`tkazildi.
Tuman markazidagi madaniyat markazida o`tgan qabulda aholini qiynayotgan
masalalarga echim izlandi. Qonunbuzarlarga nisbatan chora ko`rish, etkazilgan
moddiy zararni undirish va bir qator masalalar bo`yicha murojaatlar tinglandi.
Ta’kidlash joiz, sayyor qabulda
fuqarolar tomonidan ko`tarilgan kamchiliklarni bartaraf etish jarayoni
O`zbekiston Prezidentining Jizzax viloyatidagi Xalq qabulxonasi tomonidan
nazorat qilinadi.
Muloqot yakunida sektor rahbarlari
tomonidan “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”da ro`yxatda turgan fuqarolarga
elektr pech hamda bir martalik moddiy yordam ko`rsatilganligi haqidagi
sertifikatlar topshirildi. Bir guruh tashabbuskor yoshlar viloyat IIB
boshlig`ining esdalik sovg`alar bilan taqdirlanishdi.