30 Noyabr 2021 yil
635
O’g’rining firibi fosh bo’ldi
Andijon viloyati Bo’ston tumani Nurafshon mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi B.B. ichki ishlar organlariga murojaat qilib, Jizzax shahrining Kimyogar mahallasi hududida uyali aloqa vositasini o’g’irlatib qo’yganligini bildirgan.
Jinoyat ishi qo’zg’atilib, olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida ushbu jinoyat Namangan viloyati Uchqo’rg’on tumani Uchqo’rg’on shaharcha fuqarolar yig’inida istiqomat qiluvchi U.U. tomonidan sodir etilgani aniqlandi. Undan daliliy ashyo hujjatlashtirib olingan.
Tergovga qadar tekshiruv davomida U.U.ning Jizzax viloyati Baxmal tumani Qirqqishloq qishloq fuqarolar yig’inida yashovchi D.B.ga tegishli uyali aloqa vositasini ham o’g’irlaganligi ayon bo’ldi. Bu voqea ham Kimyogar mahallasida ro’y bergan.