Fuqarolar xavfsizligi ta’minlanadi
O`zbekiston
Respublikasi Prezidentining shu yil 11 aprelda “Madaniyat, savdo va xizmat
ko`rsatish sohasi ob’ektlarida jamoat xavfsizligini ta’minlash tizimini
takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori qabul qilindi. Mazkur
qaror ijrosini ta’minlash maqsadida Jizzax viloyati hokimi rahbarligida
idoralar va tashkilotlar mas’ullaridan iborat hududiy komissiyasi tuzildi.
Ushbu komissiya a’zolari yig`ilishida madaniyat, savdo va xizmat ko`rsatish
ob’ektlarida jamoat xavfsizligi ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish,
huquq-tartibot organlari va xo`jalik yurituvchi sub’ektlar o`rtasida o`zaro
samarali hamkorlikni tashkil etishda mahalliy ijro etuvchi organlar rolini
oshirish bo`yicha qilinishi lozim bo`lgan ishlar xususida so`z bordi.
Qayd
etilishicha, viloyat komissiyasi tomonidan viloyat hududidagi qo`riqlanishi
shart bo`lgan ob’ektlar ro`yxati tasdiqlangan bo`lib, ushbu ob’ektlarni
qo`riqlash qurolli bo`linmalar tomonidan amalga oshiriladi. Shu ma’noda
xo`jalik yurituvchi sub’ektlar bilan Ichki ishlar yoki Milliy gvardiya
bo`linmalari o`rtasida ob’ektlarni qo`riqlash bo`yicha shartnomalar tuzish,
o`rnatilgan videokuzatuv tizimlarini ichki ishlar organlari va Milliy
gvardiyaning hududiy bo`linmalari situasion markazlariga integrasiya qilish, ro`yxatga
kiritilgan ob’ektlarning “Xavfsizlik pasporti” tayyorlanishi masalalari
muhokama qilindi.
Yig`ilishdan
so`ng viloyat IIB JXX JTSB, milliy gvardiya viloyat boshqarmasi, viloyat FVB
ma’sullari Jizzax shahridagi aholi gavjum bo`lgan savdo markazlarida bo`lishib,
hududda inson xavfsizligini ta’minlash yuzasidan olib borilayotgan ishlarni
o`rganishdi.