4 Mart 2023 yil
476
Fuqarolar murojaati e’tiborda
Jizzax viloyati IIB boshlig’i, general-mayor G’ayrat Qodirov jismoniy va yuridik shaxslarning vakillari bilan muloqot qildi. SHaxsiy qabulda 20 dan ziyod yurtdoshlarimiz o’zlarini qiynayotgan turli masalalarni hal etishda ko’mak so’rashdi. Xususan, bandlik, ish joyini o’zgartirish, ishga tiklash, qonunni buzgan shaxsni javobgarlikka tortish, yetkazilgan zarar va qarzni undirish, o’g’irlik, firibgarlik, huquqiy yordam olish kabi muammolar bayon etildi.
Muloqot davomida ijtimoiy-maishiy, iqtisodiy hamda huquqiy mavzularda bildirilgan masalalar mas’ullar ishtirokida ko’rib chiqildi. Asosiy e’tibor murojaatlarni o’z vaqtida hal etishga qaratildi. Vaqt talab etadigan muammolar bo’yicha aniq chora-tadbirlar belgilanib ijrosi nazoratga olindi.