29 Yanvar 2022 yil 572

Fuqarolar murojaatlari tinglandi

Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig’i aholi murojaatlari bilan ishlash, ularni qiynab kelayotgan muammolarni aniqlash va bartaraf etish maqsadida haftaning shanba kuni boshqarmada o’z shaxsiy qabulini o’tkazmoqda. Navbatdagi qabulda 25 ga yaqin fuqaro turli masalalar yuzasidan murojaat qildi.

Xususan, ishga joylashish, sog’lig’ini tiklash, farzandini o’qishga kiritish, ichki ishlar organlari xodimlarining harakati va harakatsizligidan norozi, oilaviy nizolarni hal qilish, moddiy yordam ajratish, firibgardan qarzni undirish, qonunni buzgan shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish, fuqarolar murojaatlariga e’tiborsizlik qilgan mas’ullarga hamda huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarga chora ko’rish bo’yicha ko’mak so’raldi.

Muloqotlar davomida ko’tarilgan har bir masalaga yechim topish nuqtai nazaridan tegishli mas’ullar biriktirilib, muammolarni hal etish muddatlari belgilandi. Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig’ining bu kabi qabullari viloyatning 3- sektoridagi aholi punktlarida ham muntazam o’tkazilmoqda.

Mazkur jarayonda fuqarolar murojaatlari asosida 3- sektor vakillari tadbirkor va ishbilarmonlarni qo’llab-quvvatlash, oilaviy tadbirkorlik uchun subsidiya va kreditlar ajratish, ayollar, yoshlar va temir daftarga kiritilganlar bandligini ta’minlash orqali doimiy daromadga ega bo’lishlari chorasi ko’rilayapti.

Text to speech