Sektor rahbari Jizzax shahrida yashovchi fuqarolar bilan muloqot qildi
Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig`i,
general-mayor G`ayrat Qodirov Jizzax shahrida sayyor qabul o`tkazdi. Ochiq
muloqotda shaharning “Madaniyat”, “Qassoblik” va “Jizzaxlik” mahalla fuqarolar
yig`inida istiqomat qiluvchi fuqarolar o`zlarini qiynayotgan muammolarini hal
etishda yordam so`rashdi.
Xususan, salomatligini tiklash uchun moddiy yordam
ajratish, uy-joy bilan ta’minlash, etkazilgan zararni undirishga oid masalalar
ko`tarildi. Bundan tashqari tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish
uchun subsidiya ajratish, elektr enregiyasi va ichimlik suv ta’minoti bilan
bog`liq muammolarga ham mutasaddilar ishtirokida echim izlandi.
Muloqot davomida 3- sektor rahbari yordam so`rab
murojaat qilgan ehtiyojmand fuqarolarga subsidiya asosida tikuv moshinkalari,
bir kishiga issiqxona qurish uchun kredit ajratilganligi haqida sertifikat, 4
kishiga esa ИД kartalarni topshirdi. Bir guruh tashabbuskor yoshlar esa viloyat
ichki ishlar boshqarmasi boshlig`ining faxriy yorliq va esdalik sovg`alari
bilan taqdirlanishdi.
Jizzax viloyati IIB axborot xizmati