“Giyoh”furush ushlandi
Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o’tkazilgan tezkor tadbir davomida Jizzax shahrining Jizzaxlik mahallasida yashovchi D.Z. SHarof Rashidov tumani Ziyokor qishloq fuqarolar yig’inida istiqomat qiluvchi fuqaroga gugurt qutisiga joylangan 2,46 gramm marixuana giyohvandlik moddasini 650 ming so’mga sotganida ushlandi. Ma’lum bo’lishicha, “giyohfurush” ushbu moddani, aniqrog’i 5,17 gramm marixuanani Jizzax shahrining Olmazor mahallasida yashovchi B.A.dan 600 ming so’mga olgan. Aytgancha, D.Z.ning yonidan pulga o’ralgan 1,49 gramm giyohvandlik moddasi topildi.
Xuddi shunday, Jizzax viloyati Do’stlik tumani CHinobod mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi R.SH. o’zini shubhali tutganligi sababli shaxsiy tintuv qilindi. Bu jarayonda uning cho’ntagidan 16,2 gramm marixuana giyohvandlik vositasi topildi.
Har ikki holat yuzasidan tegishli tartibda jinoyat ishi qo’zg’atilgan va tergov harakatlari olib borilmoqda.
Jizzax viloyati IIB axborot xizmati.