22 Noyabr 2021 yil
720
Giyohvand modda tayyorlash bilan shug’ullangan
Ichki ishlar organlari xodimlari Arnasoy tumani G’oliblar shaharcha fuqarolar yig’ini hududida o’zini shubhali tutgan kishini shaxsiy tintuvdan o’tkazdilar.
Mazkur jarayonda G’oliblar shaharcha fuqarolar yig’inida yashovchi shaxsning qo’lidagi polietilen paketda 650 gramm kannabis borligi ayon bo’ldi.
Soha vakillari giyohvand moddalar ishqibozining uyini ko’zdan kechirganlarida yotoqxona poli ostidan polietilen paketga joylangan 60,48 gramm marixuana topildi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo’zg’atilgan.