Go`zallik va nafosat bayrami
8 mart - Xalqaro
xotin-qizlar kuni munosabati bilan Jizzax viloyati IIB tomonidan boshqarma
sohaviy xizmatlari va jazoni ijro etish
muassasalari xodimalari, IIV Jizzax akademik liseyi, viloyat IIB tibbiyot
bo`limi, MTT hamda sohaning boshqa bo`g`inlarida faoliyat yuritayotgan erkin
yollangan xotin-qizlar, faxriylar, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari
ishtirokida bayram uyushtirildi. Tadbir avvalida viloyat IIB boshlig`i,
general-mayor G`ayrat Qodirov respublika Ichki ishlar vazirining bayram tabrigini
o`qib eshittirdi.
Shuningdek,
xotin-qizlarning yurtimiz taraqqiyoti, xususan ichki ishlar organlari xodimlari
safida tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash ishiga qo`shayotgan hissasi,
ularning jamiyatdagi o`rni va rolini kuchaytirishga qaratilgan islohotlarga
to`xtalib, ayollarni bayram bilan muborakbod etdi.
Bayram tadbirida
xizmatdoshlariga har jabhada ibrat bo`lib, faoliyati davomida yuqori
natijalarga erishib kelayotgan xodimalarning bir nafariga Ichki ishlar
vazirining buyrug`i asosida “A’lo xizmatlari uchun”, 2 nafariga uchinchi
darajali “Ichki ishlar organlarida benuqson xizmatlari uchun” ko`krak
nishonlari, faxriy yorliq, esdalik qo`l soati, navbatdagi maxsus unvonlar
topshirildi.
Xuddi shunday,
viloyat ichki ishlar boshqarmasi tomonidan faol xotin-qizlar hamda xizmat
burchini bajarish chog`ida vafot etgan xodimlarning turmush o`rtoqlari, shu
bilan birga namunali xizmat qilayotgan xodimlarning onalariga esdalik
sovg`alari bilan taqdirlanishdi. Yana bir guruh ayollar moddiy
rag`batlantirildi.
Tadbir davomida viloyatimiz hamda poytaxtlik taniqli san’atkorlarning
konsert dasturi namoyish etildi. Dasturxon atrofidagi dildan suhbat o`yin
kulguga ulandi.