1 Aprel 2021 yil 1890

Xalq ta’limi bo’limi mas’uli pora oldi

Ichki ishlar organlari xodimlari xizmat xonasida 1 ming 500 AQSH dollarini pora sifatida olgan Jizzax shahar xalq ta’lim bo’limi mas’uli O.A.ni jinoyat ustida ushladilar.

Ayblanuvchi mazkur porani Jizzax shahridagi o’rta umumta’lim maktablaridan birini ta’mirlash uchun davlat byudjetidan ajratilgan 249 million so’mning qurilish korxonasi hisob-raqamiga o’tkazib berish uchun so’ragan.

Holat yuzasidan tegishli tartibda jinoyat ishi qo’zg’atildi.  

 

Jizzax viloyati IIB axborot xizmati.

 

Text to speech