Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan ochiq muloqot o`tkazildi
9 dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi
kurashish kuni munosabati bilan jurnalist va blogerlar uchun Jizzax viloyati
ichki ishlar boshqarmasida “Ochiq eshiklar kuni” o`tkazildi. Tadbir IIV Jizzax
akademik liseyi hududida joylashgan viloyat IIB ichki ishlar organlariga
nomzodlarni qabul qilish markazi imkoniyatlari bilan tanishishdan boshlandi.
Ma’lumot o`rnida aytish kerak, bu erda 20
nafar nomzodning bir vaqtda test topshirishlari uchun qulay sharoitlar
yaratilgan. O`z navbatida ota-onalar sinov jarayonini onlayn kuzatishlari uchun
24 o`rinli xona mavjud. Mazkur jihat qabul jarayoni shaffofligini ta’minlashga
xizmat qiladi.
Ommaviy axborot vositalari hamda axborot
xizmatlari xodimlari, jurnalist va blogerlar bilan o`tkazilgan mazkur muloqot
davomida viloyat IIB ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar ta’minlash hamda
axborot xizmatlari mas’ullari tomonidan tizimda korrupsion holatlarning oldini
olish va soha vakillari faoliyati ochiqligini ta’minlash borasida qilinayotgan
ishlarga to`xtaldilar. Tadbirda viloyat IIB jamoatchilik kengashi faoliyatiga
ham e’tibor qaratildi.