Hamqishloqlarini aldagan fuqaroga qonuniy chora ko’riladi
2021 yilning mart oyida G’allaorol tumani Qo’ytosh shaharcha fuqarolar yig’ini hududidagi aholi punktida yashovchi D.D. “Damas”ini hamqishlog’i A.U.ga 25 million so’mga “sotdi”.
Aniqrog’i, olarmon avtoulovning pulini 2022 yilning avgust oyida berishi kerak edi. Avgust o’tdi, ammo pul to’lanmadi. SHu bois jabrlanuvchi ichki ishlar organlariga murojaat qildi.
Soha vakillari tomonidan o’tkazilgan surishtiruv davomida firib ustasi 2021 yilning may oyida yana bir hamqishlog’i M.M.dan 156 bosh qo’y hamda 40 bosh echkini 200 million so’mga kelishib olib, pulini bermagan. U xuddi shunday yo’l bilan G’allaorol tumanining Savruk mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi E.A.ning 27 bosh qo’yini bir oyda to’lash sharti bilan 38 million so’mga baholab olgan. Ammo sezganingizdek bu safar ham u so’zida turmadi. Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo’zg’atildi.