20 Sentyabr 2022 yil 533

Hamshiralar bellashdi

Jizzax viloyati IIB tibbiyot bo’limi o’rta tibbiyot xodimlari o’rtasida “Yilning eng yaxshi tibbiy hamshirasi” ko’rik-tanlovi o’tkazildi. Tanlovda bilimi, kasbiy malakasi, shaxsiy sifatlari bilan ajralib turadigan, mehnat faoliyati davomida boshqalarga o’rnak bo’lib kelayotgan 4 nafar hamshiralar bellashishdi.

Tibbiyot muasssasalarida faoliyat yuritayotgan o’rta tibbiyot xodimlari orasidan o’z kasbining yetuk mutaxassislarini aniqlash va ularni e’tirof etish, kasbiy tayyorgarlik darajasini yuksaltirish, bemorlar bilan muloqotda muomala madaniyatini mustahkamlash, intellektual va professional salohiyatini oshirish, ularda tashabbuskorlik, yetakchilik fazilatlarini shakllantirish hamda rivojlantirish maqsad qilingan tanlov qatnashchilari 4 ta shart asosida o’z bilim va salohiyatlarini namoyon etishdi. Xususan, ular dastlab milliy urf-odatlarimiz, o’zbekona axloq talablariga mos ravishda tanishtiruv shartini bajarishdi. So’ngra savollarga javob berish orqali sohaviy va ma’naviy-ma’rifiy, ish faoliyatida qo’llaniladigan vazifalarni amaliy bajarishi orqali bilim darajalari sinovdan o’tkazildi. Erkin mavzu shartida esa hamshiralar iqtidor va iste’dodlarini ko’rsatishdi.

Har bir shartning bajarilishi hakamlar tomonidan baholab borildi. YAkuniy natijalarga ko’ra tibbiyot bo’limi gospital’ hamshirasi Munisa Sagdullayeva birinchi o’rinni egalladi. Ushbu muassasa navbatchi hamshirasi Adiba Abulqosimova ikkinchi, harbiy-tibbiy komissiya ro’yhatchisi Barno Rasulova hamda poliklinika tibbiy ro’yhatchisi Gulnoza Nizomovalar keyingi o’rinlarga munosib deb topildi.

G’oliblar diplom, estalik sovg’alari va pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

Ta’kidlash joiz, g’olib IIV tizimidagi davolash-profilaktika muassasalari tibbiyot xodimlari o’rtasida o’tkazilayotgan tanlovning keyingi bosqichiga yo’llanmani ham qo’lga kiritdi.

Text to speech