29 Sentyabr 2025 yil 125

Rasmiy munosabat: Jinoyat alomatlari yo‘q

 

Ijtimoiy tarmoqda Zomin tumani Dashtobod shaharchasi “Nurafshon” mahallasida yashovchi Abduqodir Berdimurodovning 2022 yilning avgust oyida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan unga tan jarohatlari yetkazilganiga oid murojaati tarqaldi. Darhaqiqat, 2022 yil 28 avgust kuni soat 20 lar atrofida ushbu shaxs ovqatlanish shoxobchasida mast holatda fuqaro B.R. bilan janjallashgan.

Mazkur jarayonda ularni ajratmoqchi bo‘lgan fuqaro D.X. Abduqodir Berdimurodovning qorin bo‘shlig‘ini oyog‘i bilan bosib o‘tgan. Ko‘p o‘tmay janjalni bartaraf etish uchun kelgan ichki ishlar organlari xodimlari Abduqodir Berdimurodovning spirtli ichimlik ichgan yoki ichmaganligini aniqlash maqsadida tibbiy tekshiruvdan o‘tkazish choralari ko‘rganlar.

Ammo Abduqodir Berdimurodov ichki ishlar organlari va tibbiyot xodimlariga faol qarshilik ko‘rsatgan. Shu bois tinchlantirish maqsadida uning qo‘llariga kishan taqilgan. 

Keyinchalik o‘tkazilgan sud-tibbiy ekspertizasi fuqaroga bir qator tan jarohatlari yetkazilganligini tasdiqladi. O‘z navbatida, holat bo‘yicha prokuratura tomonidan tegishli tartibda jinoyat ishi qo‘zg‘atildi va olib borilgan tergov harakatlari natijasida ichki ishlar organlari xodimlari harakatlarida jinoyat alomatlari yo‘qligi tasdiqlangan.     

Text to speech