7 Avgust 2024 yil 2473

“Xavfsiz hudud va mulkiy jinoyatlar profilaktikasi oyligi” tadbiri doirasida profilaktik tadbiri o`tkazilmoqda

G`allaorol tumanida “Xavfsiz hudud va mulkiy jinoyatlar profilaktikasi oyligi” maxsus profilaktik tadbiri doirasida ham qator ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, tungi xizmatga jalb etilgan huquq tartibot idoralari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida yig`ilish tashkil etildi.

Jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklar va jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan tadbirlarda hamkor tashkilotlar vakillari bilan birga mulkiy turdagi jinoyatlarning oldini olish, aholini ogohlikka chorlash, ularning bu boradagi huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan targ`ibotlar qilindi.

Tadbir davomida tungi vaqtda bemaqsad yurgan fuqarolarning shaxsiga aniqlik kiritildi. Jamoat joylarida tamaki mahsuloti iste’mol qilgan etti kishiga ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan bo`lsa, ko`p qavatli uylarning yo`laklarida qarovsiz qoldirilgan o`ttizga yaqin buyumlar egalariga topshirildi.

Shuningdek, tuman IIB JXX probasiya guruhi nazoratida jazo o`tayotgan mahkumlar hamda ma’muriy nazorat ostidagi shaxslarning sud tomonidan o`rnatilgan cheklovlarga amal qilishi, ovchilarning ov qurollarini saqlash talablariga rioya qilishi ham ko`zdan ko`zdan kechirildi.

Bundan tashqari yo`l transport hodisalarining barvaqt oldini olish, harakat xavfsizligini ta’minlash va qoidabuzarliklarga qarshi kurashish maqsadida “Mahallabay-kvadrat” ishlash bo`yicha 4 ta yo`nalishda ishchi guruhlar tomonidan ham ish olib borildi. Hamkorlikdagi reydlarda oltmish besh nafar xaydovchiga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, o`n bitta avtotransport vositasi jarima maydoniga qo`yildi.

Text to speech