7 Dekabr 2021 yil 777

Haydovchi jarohatlandi

Jizzax viloyati Zomin tumani Mustaqillik mahalla fuqarolar yig’ini hududida yo’l-ulov hodisasi ro’y berdi.

Tumanning Peshag’or qishloq fuqarolar yig’inida yashovchi A.Q. boshqaruvidagi “VAZ-2106” Toshkent viloyati Olmaliq tumani Ozodlik qishloq fuqarolar yig’inida istiqomat qiluvchi M.Q. boshqaruvidagi “Damas”ga to’qnashgan.

Oqibatda “VAZ-2106” haydovchisi bosh miya yopiq jarohati, bosh miya chayqalishi, chap tizza qopqog’ining yopiq sinib, siljishi tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o’tkazilmoqda.

Text to speech