23 Iyul 2021 yil 417

Haydovchining xatosi

Jizzax viloyati Zomin tumani Bunyodkor mahalla fuqarolar yig’ini hududidan o’tgan Jizzax – Qo’qon A-376 yo’lining 252- kilometrida yo’l-transport hodisasi ro’y berdi. Jumladan, Sirdaryo viloyati YAngiyer shahri “O’zbekiston” mahalla fuqarolar yig’inida istiqomat qiluvchi shaxs boshqaruvidagi “Sobalt” ag’darilib ketgan. Vokeaga haydovchining rul’ boshqaruvini yo’qotishi sabab bo’ldi.

Oqibatda avtoulov salonida bo’lgan YAngiyer shahrida yashovchi, o’rta umumta’lim maktabining 2- sinf o’quvchisi chanoq travmasi, hamkor travma hamda o’ng tirsakning sidirilishi tashxisi bilan shifoxonaga yotqizildi. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o’tkazilmoqda.

Text to speech