25 Mart 2022 yil 1106

Haydovchining xatosi tufayli avtoulov ag’darildi

SHarof Rashidov tumani Xayrobod mahalla fuqarolar yig’inidan o’tuvchi Toshkent – Termiz M-39 yo’lining 997- kilometrida yo’l-ulov hodisasi ro’y berdi. Samarqand viloyati Ishtixon tumani Buloqboshi mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi shaxs ixtiyoridagi “Neksiya” boshqaruvini yo’qotdi va avtoulov yo’l chetiga ag’darildi.

Oqibatda avtoulov salonida bo’lgan yo’lovchi, Samarqand viloyati Ishtixon tumani Fayzobod mahalla fuqarolar yig’inida istiqomat qilgan shaxs tan jarohatlari olib, voqea joyida vafot etgan. YAna bir yo’lovchi, Samarqand viloyati Pastdorg’om tumani CHimyobot mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi fuqaro o’ng jag’ sohasining yopiq sinishi tashxisi bilan shifoxonaga yotqizildi.     

Text to speech