23 Dekabr 2021 yil 605

Hayvonot dunyosi muhofazasi yo’lida

Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan noqonuniy baliq ovlash, ov qilish qoidalari buzilishiga qarshi kurashish, hayvonot dunyosini muhofaza etishga qaratilgan tadbirlar davom ettirilmoqda. CHunonchi, Aydar-Arnasoy ko’llar tizimiga tutash bo’lgan Forish, Zafarobod va Arnasoy tumanlarida tezkor guruhlar tomonidan muntazam reydlar uyushtirilayapti.

Ichki ishlar organlarining tezkor guruhlari tomonidan Zafarobod tumanida o’tkazilgan profilaktik tadbirda bir qator qonunbuzarliklar aniqlandi. Xususan, Tuzkon ko’li qirg’oqlarida qarovsiz qoldirilgan 2 ta qayiq, 1 ta mototransport vositasi va to’r topildi. Xuddi shunday, Forish tumani Do’stlik mahallasi Otaqo’rg’on qishlog’i hududida tashlab ketilgan 3 ta qayiq, 1 ta mototransport va qayiq dvigateli hujjatlashtirildi. 2 ta baliqchilik xo’jaliklarining 3 ta qayiqlari va 2 ta eshkakning hujjatlari yo’qligi bois tadbir ishtirokchilari tomonidan xatlandi. Qisqasi, tezkor tadbirda jami 5 ta qayiq, 2 ta mototransport vositasi, 1 ta ruxsat etilmagan to’r hujjatlashtirilib, hududiy ichki ishlar bo’limlariga yetkazildi.

Qarovsiz qoldirilgan va noqonuniy baliq ovlash bilan shug’ullangan fuqarolardan olingan to’rlar tegishli tartibda yoqib yo’q qilindi.

Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi yo’l harakati xavfsizligi boshqarmasi hamda viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi mutasaddilari tomonidan olib kelingan mototransportlar va qayiqlarning texnik hujjatlari o’rganilmoqda.

Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi tomonidan muhofaza etilayotgan tabiiy hududlarda davlat ekologik nazoratini amalga oshirish, noqonuniy ov, baliq ovlash, yovvoyi holda o’suvchi o’simliklarni terish-yig’ish kabi qonunbuzarliklarga qarshi kurashish, 2020-2022 yillar davomida amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan qo’shma tadbirlar rejasi ijrosini ta’minlashga qaratilgan tezkor tadbirlar davom etmoqda.

Text to speech