28 Noyabr 2022 yil 545

Hech kim bilmaydi, deb o’ylagan...

Jizzax viloyati Marjonbuloq shaharcha fuqarolar yig’inida yashovchi M.T. ichki ishlar organlariga murojaat qilib, tumanning G’afur G’ulom mahallasi hududidagi madaniyat saroyida sumkasida bo’lgan uyali aloqa vositasi, 5 dona bank plastik kartasi hamda 2 million so’mni noma’lum shaxs o’g’irlaganligini bildirgan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo’zg’atilib olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida o’g’rilik G’afur G’ulom mahallasida yashovchi L.SH. tomonidan sodir etilgani aniqlandi. Undan uyali aloqa vositasi hamda 5 dona bank plastik kartasi hujjatlashtirib olingan.

Text to speech