Xizmat faoliyati samaradorligi oshiriladi
Jizzax viloyati IIB JXX JTSBda sohada xizmat
qilayotgan yosh xodimlar va ularning murabbiylari ishtirokida yig`ilish
o`tkazildi. JTSB boshlig`i, podpolkovnik Akrom Misirov rahbarligidagi mazkur
yig`ilishda davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan Respublikamizda jamoat
tartibini saqlashning mutlaqo yangicha tizimi yaratilgani, bu borada ichki
ishlar organlarining vazifalari hamda amalga oshirilayotgan ishlar xususida
so`z bordi. Shuningdek, amaldagi huquqiy hujjatlar, ularning ijrosini
ta’minlash, xodimlar xizmat faoliyati davomida fuqarolar bilan xushmuomalada
bo`lishlari lozimligi, xizmat intizomi va qonuniylikka rioya qilish zarurligi
uqtirildi.
Yig`ilish davomida xizmat faoliyati samaradorligini
oshirish bo`yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar berilib, xodimlarga
qo`llanmalar tarqatildi.