11 Oktyabr 2021 yil 1518

Xizmat intizomini mustahkamlash masalasi ko’rib chiqildi

Ichki ishlar vazirining o’rinbosari ishtirokida Jizzax viloyati IIBda xodimlarning xizmat va ijrochilik intizomi, qonun buzilish holatlari sodir etilishining oldini olishga qaratilgan yig’ilish bo’lib o’tdi.

Yig’ilishda Ichki ishlar vazirining o’rinbosari, general-mayor A.Ikramov, Ichki ishlar vazirligi shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi, polkovnik M.Mirziyoyev hamda viloyat IIB rahbarlari va shaxsiy tarkibi ishtirok etdi. Yig’ilishni boshqarma boshlig’i o’rinbosari, polkovnik Olimjon Abdullayev kirish so’zi bilan ochib, kun tartibidagi masala yuzasidan so’zni O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o’rinbosari general-mayor A.Ikramovga berdi.

Ichki ishlar vazirining o’rinbosari general-mayor A.Ikramov so’zga chiqib, so’nggi yillarda muhtaram Prezidentimiz SHavkat Miromonovich Mirziyoyev rahbarligida ichki ishlar organlarida tub islohotlar amalga oshirilib, bunda sohani xalq manfaatlariga o’z vaqtida va sifatli yordam ko’rsatadigan, kriminogen vaziyatni ijobiy tomonga o’zgartirishga qodir professional tizimni shakllantirish bo’yicha keng ko’lamli chora-tadbirlar olib borilganligini, Ichki ishlar organlarining moddiy-texnik bazasi tubdan mustahkamlanganligini, soha xodimlari jahon andozalariga mos aloqa, texnika va zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalari bilan ta’minlanganligini, xodimlarning oylik maoshlari bosqichma-bosqich oshirilib, ijtimoiy himoyasiga alohida e’tibor qaratilayotganligini ta’kidladi. SHuningdek, kun tartibidagi masala yuzasidan xodimlar tomonidan sodir etilgan huquqbuzarliklar, xizmat intizomi va qonunchilikning buzilishi, kelgusida xodimlar o’rtasida salbiy holatlarning oldini olish borasida to’xtalib, respublika bo’yicha xodimlar bilan bog’liq bo’lgan salbiy holatlardan misollar keltirib xulosa qilishga chaqirdi.

Tizimda olib borilayotgan islohotlar va yaratib berilayotgan imkoniyatlarga qaramay, xodimlar orasida o’z xizmat faoliyatiga mas’uliyatsizlik bilan qarayotgan, jinoyat va huquqbuzarlik sodir etayotganlarini ta’kidlab o’tdi. Yig’ilishda ishtirok etgan IIV SHXBB boshlig’i, polkovnik Muxtor Mirziyoyev kun tartibidagi masala yuzasidan tanqidiy mulohaza bildirib, xodimlar bilan bog’liq salbiy holatlarni keltirib o’tdi.

SHahar-tuman IIB boshliqlari hamda o’rinbosarlari qat’iy ogohlantirib, kelgusida xizmat intizomi va xodimlariga javobgar shaxs sifatida ularga ham o’rnatilgan tartibda intizomiy chora ko’rilishini bildirdi. YAkunda xodimlar bilan olib borilayotgan tarbiyaviy-profilaktik ishlar samaradorligini yanada oshirish, xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlash borasida kelgusida amalga oshirilishi zarur bo’lgan chora-tadbirlar belgilandi.

Jizzax viloyati IIB axborot xizmati.

Text to speech