9 Fevral 2021 yil 883

Xodimlarning sergakligi tufayli qo’y o’g’rilari ushlandi

Jizzax viloyati Paxtakor tumani G’alaba mahalla fuqarolar yig’ini hududidagi mol bozorida ertalabki soat 5.20da xizmat olib borayotgan ichki ishlar organlari xodimlarining e’tiborini o’zini shubhali tutgan 2 kishi tortdi. Ular 2 bosh qo’yni sotishayotgan edi.

Tergovga qadar tekshiruv davomida shubha ostiga olinganlar qo’ylarning egasini aniq ko’rsata olishmadi. Ma’lum bo’lishicha, viloyatning Do’stlik tumani Bunyodkor qishloq fuqarolar yig’inida yashovchi J.Q. hamda S.SH. joriy yilning 31 yanvarga o’tar kechasi qo’ylarni Paxtakor tumanining Olmazor mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi M.Q.ning qo’yxonasidan o’g’irlab chiqishgan.

Holat bo’yicha tergov harakatlari olib borilayapti.

Text to speech