17 Sentyabr 2021 yil 791

Hojatxonadagi miltiq

Ichki ishlar organlari xodimlari Jizzax shahrining Obod mahallasida yashovchi fuqaroning turar joyini ko’zdan kechirganlarida ushbu shaxs hojatxonasi shiftida noqonuniy ravishda ov quroli saqlayotganligini aniqladilar.

O’tkazilgan ekspertiza 1974 yilda ishlab chiqarilgan “TOZ-34” rusumli, 2 stvolli, 12 kalibrli miltiqning otish uchun yaroqli ekanligini qayd etdi. Xonadon egasi qurolning marhum otasiga tegishli ekanligini bildirgan. Fuqaroga qonunda belgilangan chora ko’riladi.

Forish tumanining Garasha mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi fuqaro esa hovlisidagi molxonani buzish jarayonida 1959 yilda ishlab chiqarilgan, “TOZ” rusumli, 1 stvolli, 16 kalibrli miltiq topib olib, ichki ishlar organlariga topshirdi. Ov quroli yaroqsiz bo’lib chiqdi. Tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech