23 Yanvar 2024 yil 1502

Xonbandilik yoshlar bilan uchrashuv o`tkazildi

Jizzax viloyati hokimining o`rinbosari Akmal Savurboev boshchiligidagi viloyat ichki ishlar, DXX va boshqa huquq-tartibot idoralari, viloyat kambag`allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig`i hamda viloyat tashkilotlari rahbarlaridan iborat ishchi guruh Forish tumani yoshlari bilan uchrashishdi. Xonbandi mahallasida o`tgan tadbir avvalida rahbarlar gulxan atrofida suhbat qurayotgan yoshlar bilan muloqot qilishdi. Shuningdek, tumanda yoshlar tomonidan yaratilgan hunarmandchilik namunalari ko`zdan kechirildi. Jarayonda o`nayotgan avlodni kasbga o`rgatish, bilim olishlari uchun yaratilgan qulayliklarga ham diqqat qilindi.

Rahbar va yoshlar uchrashuvida mamlakatimiz yoshlarining ilm-fan taraqqiyotiga qo`shayotgan hissasi, sportchilarning xalqaro musobaqalarda erishayotgan yutuqlari haqida ma’lumot berildi. Joylarda turli sport turlari bo`yicha to`garaklar faoliyatining yo`lga qo`yilayotgani ularning jismonan sog`lom va barkamol bo`lib voyaga etishida muhim o`rin tutayotgani qayd etildi.

Muloqot davomida tadbir ishtirokchilari o`zlarini qiynayotgan muammolarini hal etishda rahbarlardan yordam so`rashdi. Xususan, ishga joylashish, tadbirkorlik loyihasini yo`lga qo`yish hamda imtiyozli kredit ajratish, o`zini-o`zi band qilish uchun er maydoni ajratish, kadastr hujjatini rasmiylashtirish kabi ko`tarilgan qator masalalarni hal etish bo`yicha mutasaddilarga vazifalar yuklatildi.

Tadbir davomida hudud yoshlari tomonidan sodir etilgan qonunbuzarliklar ham muhokama etildi. Kelgusida yoshlar ishtirokidagi jinoyatlarning oldini olish, ma’naviy-ma’rifiy, sport tadbirlari ko`lamini kengaytirish bo`yicha mas’ullarga topshiriqlar berildi.

Text to speech