26 Fevral 2022 yil 576

Xotin-qizlar ishtirokida xizmat intizomiga bag’ishlangan yig’ilish tashkil etildi

Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasida sohada faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar ishtirokida xizmat intizomi va qonuniylikni ta’minlash masalalariga bag’ishlangan yig’ilish bo’lib o’tdi.

Yig’ilishni Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig’ining o’rinbosari, polkovnik Olimjon Abdullayev boshqarib bordi. Tadbir avvalida mamlakatimiz rahbarining 2018 yil 2 fevraldagi “Xotin-qizlarni qo’llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi  farmoni bo’yicha viloyat ichki ishlar organlari tizimida amalga oshirilayotgan ishlar, xotin-qizlarga yaratilgan xizmat sharoitlari, ular foydalanishi mumkin bo’lgan imtiyozlar haqida so’z yuritildi.

So’ng xizmat intizomi va qonuniylikni ta’minlashga oid masala ko’rib chiqildi. Bu jarayonda belgilangan vazifa va topshiriqlarni sifatli bajarish, huquqiy me’yorlarga amal qilish, buyruq talablariga mos kiyinish masalalariga diqqat qaratildi. SHuningdek, xodimbay ishlash orqali sohada faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarga moddiy-ma’naviy, ijtimoiy-psixologik ko’mak ko’rsatish borasidagi faoliyat tahlil qilindi.

Kuzatilgan ayrim nuqsonlarga ham e’tibor qaratilib, faoliyati davomida kamchiliklarga yo’l qo’yganlar ogohlantirildi. YAkunda ichki ishlar organlari tizimida o’tkaziladigan “Fidoyi ayol xodima” ko’rik-tanlovida viloyat vakillarining ishtiroki masalasi ko’rib chiqildi.

SHu kuni ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan xotin-qizlar uchun psixologik treninglar uyushtirildi. Mazkur jarayonda soha vakillarining irodasini chiniqtirish, psixologik muammolarni yengishga oid malakalari oshirildi. Aytish joiz, bu kabi treninglar tizimda muntazam tashkil etilayapti.

Text to speech