7 Mart 2022 yil 517

Xotin-qizlar o’rtasida ko’pkurash sport musobaqasi o’tkazildi

8- mart Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Jizzax viloyati ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan xodimalar o’rtasida ko’pkurash musobaqasi uyushtirildi. Ichki ishlar vazirligi Jizzax akademik litseyida o’tgan bellashuv qatnashchilari belgilangan sport turlari bo’yicha mahoratlarini namoyon etishdi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sog’lom turmush tarzini keng tadbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi farmoni ijrosiga qaratilgan musobaqa ishtirokchilari imkoniyatlarini sinovdan o’tkazish, jismoniy tayyorgarligini oshirish, sport turlarini ommalashtirishga xizmat qiladi. Mazkur musobaqada viloyat ichki ishlar organlari sohaviy xizmatlari, Jizzax shahar va Zomin tumanlari ichki ishlar boshqarmalari hamda barcha tuman ichki ishlar bo’limlari xodimlaridan iborat jamoalar g’oliblik uchun kurash olib bordilar.

Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi kasbiy tayyorgarlik bo’limining chora-tadbirlar rejasi asosida o’tkazilgan musobaqada “Fidoyilar” jamoasi birinchilikni qo’lga kiritdi.

Text to speech