25 Noyabr 2022 yil
546
Hovlilardagi noqonuniy mahsulotlar
Ichki ishlar organlari xodimlari Do’stlik tumani Saritepa mahallasida yashovchi SH.S.ning turar joyini ko’zdan kechirish jarayonida fuqaro hovlisida 1 ming 280 litr dizel’ yonilg’isi saqlayotganligini aniqladilar. SHuningdek, soha vakillari tumanning Navro’z mahallasida yashovchi U.U. hududdagi fermer xo’jaligi dala maydoni chekkasida 1 tonna 200 kilogramm paxta xom ashyosini to’plab qo’yganligini aniqlashdi.
Zafarod tumani YOrqin shaharcha fuqarolar yig’inida yashovchi E.A.ning hovlisidan ham 1 tonna 100 kilogramm paxta xom ashyosi topilgan. Ushbu holatlar yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.