Hujjatsiz metall olindi
Ichki ishlar organlari xodimlari Do’stlik tumani hududidagi Manas-14 yo’l-patrul’ xizmati maskanida Qashqadaryo viloyati CHiroqchi tumani Qumdaryo mahallasida yashovchi A.A. boshqaruvidagi “Lasetti”ni to’xtatib tekshirdilar. Mazkur jarayonda avtoulov saloni va yukxonasida 300 kilogramm rangli metall parchalari borligi ma’lum bo’ldi. Haydovchi noqonuniy yukni Sirdaryo viloyatidan olib, Qashqardaryoga sotish uchun eltayotganligini bildirgan.
SHuningdek, soha xodimlari Do’stlik tumanining Saritepa mahallasi hududida Sirdaryo viloyati SHirin shahri Nurobod mahallasida yashovchi N.J. boshqaruvidagi “Kia bongo”ni to’xtatdilar. Avtomashinani ko’zdan kechirish davomida 4 tonna qorametall hujjatlarsiz olib ketilayotgani aniqlandi. Haydovchi yukni Saritepada olib, sotish uchun Sirdaryo viloyatining YAngiyer shahriga ketayotganligini bildirgan.
Har ikki holat bo’yicha tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.