16 Iyul 2024 yil 2512

Idoralararo komissiya faoliyati tahlil qilindi


Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo`yicha idoralararo komissiyaning yig`ilishi o`tkazildi.

Hududiy idoralararo komissiya raislari va a’zolari onlayn tarzda qatnashgan yig`ilishni viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig`ining o`rinbosari, podpolkovnik Rahmatulla Bo`riev olib bordi. Yig`ilishda mamlakatimiz rahbarining 2017 yil 14 martdagi “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori asosida amalga oshirilgan ishlar natijasida huquq-tartibotni ta’minlashda ijobiy ko`rsatkichlar qayd etildi.

Tanqidiy-tahlil ruhida o`tgan yig`ilishda voyaga etmaganlar, yoshlar, xotin-qizlar ishtirokidagi qonunbuzarliklar, ularning kelib chiqish sabab hamda omillariga e’tibor qaratildi. Notinch va nosog`lom muhitdagi oilalarda ijtimoiy-ma’naviy muhitni o`rganish, huquqbuzarlik sodir etishga moyil shaxslarni ijtimoiy moslashtirish, ishsizlikka barham berish, fuqarolar yig`inlari ettiliklarining ijtimoiy profilaktika ob’ektlari bilan olib borayotgan ishlarida kuzatilayotgan kamchiliklar ham tilga olindi.

Yig`ilish yakunida jinoyatchilikka qarshi kurashish, uning oldini olish, jamoat xavfsizligi va huquqbuzarliklar profilaktikasini ta’minlashga qaratilgan kelgusida vazifalar belgilab olindi.

Text to speech