27 Mart 2021 yil 819

Hushyorlik unutilganda

Jizzax viloyati Do’stlik tumani Manas mahalla fuqarolar yig’ini hududidan o’tuvchi “Toshkent - Termiz” M-39 yo’lining 942- kilometrida orqaga qaytish uchun burilgan “Nexia” ayni shu rusumdagi boshqa bir avtoulov bilan to’qnashgan. Oqibatda yo’nalishni o’zgartirgan “Nexia” yo’lovchisi, Samarqand viloyati Bulung’ur tumani Beshkubi mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi B.X. dumg’aza suyaklari yopiq sinishi, umurtqa jarohati tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Viloyatning Mirzacho’l tumani Gagarin shahri Xalqlar do’stligi ko’chasida tungi soat 22.30 da “Lacetti” va “Saptiva” to’qnashdi. Yo’l-ulov hodisasiga svetoforning qizil chirog’ida harakatlangan “Lacetti” haydovchisi, Mirzacho’l tumani G’alaba mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi X.F. sabab bo’lgan.

Oqibatda X.F. bosh miya yopiq shikastlanishi, chayqalishi, chap yonoq to’qimalarining lat yeyishi, ko’krak qafasi kesilishi, 3,4,5,6- chap qovurg’alarining sinishi tashxisi bilan tuman tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo’limiga yotqizilgan.

Holatlar yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o’tkazilmoqda.

  

Jizzax viloyati IIB axborot xizmati.

Text to speech