Hushyorlikni oshirishga qaratilgan saf ko’rigi o’tkazildi
YAna sanoqli kunlardan so’ng YAngi yil bayrami keng nishonlanadi. Joylarda bayram oldi tadbirlar uyushtirilmoqda. Bu jarayonda ichki ishlar organlari xodimlaridan hushyorlikni oshirgan holda jamoat tartibini saqlash, yo’l harakati va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash talab etiladi.
SHu munosabat bilan, Jizzax viloyati ichki ishlar organlari xodimlarning shayligini ko’zdan kechirish maqsadida saf ko’rigi va tantanali yurish mashg’uloti o’tkazildi.
Saf ko’rigi davomida xodimlarning xizmat vaqtidagi tashqi ko’rinishi, xizmat kiyimlari, zarur hujjat va anjomlari ko’zdan kechirildi. Mavjud kamchiliklarni qisqa muddatda bartaraf etish bo’yicha mas’ul rahbarlarga topshiriqlar berildi.
Tadbir shaxsiy tarkibning tantanali yurishi bilan yakunlandi.
SHu kuni viloyat ichki ishlar boshqarmasida arzonlashtirilgan narxdagi oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkasi uyushtirildi. Xodimlar oilasi uchun qishloq xo’jaligi mahsulotlari xarid qilishdi.