30 Yanvar 2024 yil 867

Ishchi guruh tomonidan amaliy yordam ko`rsatilmoqda

O`zbekiston mahallalar uyushmasi raisi Qahramon Quronboevning topshirig`i asosida Jizzax viloyati Do`stlik tumanidagi mahallalarda o`rganish olib borilmoqda. Tadbir doirasida uyushma raisi rahbarligida videoselektr yig`ilishi o`tkazildi. Ishchi guruh a’zolari, mas’ullar ishtirok etgan yig`ilishda “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida xavfsiz muhitni yaratish yuzasidan aniq vazifalar belgilandi.

Mazkur yig`ilishda berilgan topshiriqlar asosida ichki ishlar vazirligi jamoat xavfsizligi departamenti huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati boshlig`i, polkovnik Baxtiyor Beridialiev tumanning “Sanoatchilar” mahallasida bo`ldi. Jarayonda aholi muammolarini o`rganish, bandligini ta’minlash, oilalarni mustahkamlash, ma’naviyat va ma’rifat, yoshlar tarbiyasi yo`nalishlarida olib borilayotgan ishlarga diqqat qilindi. Shuningdek, mahalla binosida ettilik faoliyat ko`rsatishi uchun yaratilgan sharoitlar, zarur jihozlar bilan ta’minlanishiga e’tibor qaratildi.

O`rganish chog`ida hududda jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, fuqarolarni qiynayotgan muammolarini o`rganish va amaliy yordam ko`rsatish zarurligi ta’kidlandi urg`ulandi.

Ishchi guruh tomonidan o`rganishlar davom etmoqda.

Text to speech