Ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan taqdirlash marosimi o`tkazildi
Jizzax viloyati IIBda “25 oktyabr – Ichki ishlar organlari xodimlari kuni” munosabati bilan tantanali tadbir o`tkazildi. Viloyat IIB boshlig`i o`rinbosarlari, sohaviy xizmatlar, faxriylar hamda hududiy bo`linmalari xodimlari ishtirok etgan tadbirda viloyat IIB boshlig`i, general-mayor G`ayrat Qodirov soha faxriylari va ichki ishlar organlari xodimlarini bayram bilan muborakbod etdi. Shuningdek, sohada amalga oshirilgan islohotlar, zamonaviy texnik vositalar bilan ta’minlash, xizmat sharoitini yaxshilash, xodimlarni ijtimoiy himoyalash borasidagi ishlar xususida to`xtaldi. Xalq manfaatlariga xizmat qiladigan, yuksak bilim va professional ko`nikmalarga ega vatanparvar xodimlarning tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash yo`lidagi xizmatlari e’tirof etildi.
Tantanali tadbirda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan bir guruh xodimlarni mukofotlash to`g`risida”gi Farmoni asosida Jizzax viloyati IIB ekspert-kriminalistika markazi bosh eksperti, podpolkovnik Jumaeva Alyona Shuxratovna “Do`stlik” ordeni bilan, viloyat IIB patrul-post xizmati bataloni safdor xodimi Djabbarov Farxod Axmadovich “Shuhrat” medali bilan taqdirlangani ma’lum qilindi.
Tadbirda Ichki ishlar vazirining buyrug`i bilan “A’lo xizmatlari uchun”, И darajali, ИИ darajali va ИИИ darajali “Ichki ishlar organlarida benuqson xizmatlari uchun” ko`krak nishonlari va esdalik sovg`alari o`z egalariga topshirildi.
Bundan tashqari, navbatdagi maxsus unvonlar, shu bilan birga “Ichki ishlar organlarining faxriy xodimi” ko`krak nishoni va esdalik sovg`alari tantanali ravishda taqdim etildi.