Ichki ishlar vazirining o`rinbosari, general-mayor Davron Nazarmuhammedov Jizzax viloyatida qonunbuzarliklarning oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini o`rganmoqda
Ichki ishlar vaziri o`rinbosari dastlab Do`stlik tumanidagi 1- sonli
o`rta umumta’lim maktabida tuman IIB va hokimlik hamkorligida tuzilgan “Lider
vatanparvarlar” guruhi hamda “Vatanparvarlik va huquq” to`garaklari faoliyati
bilan tanishdi.
Mazkur jarayonda general-mayor Davron Nazarmuhammedov yoshlarni
qiziqtirgan savollarga javob qaytardi. So`ng maktabda o`quvchilarning bilim
olishlari, sport bilan shug`ullanishlari hamda kasb-hunar egallashlari uchun
yaratilgan sharoitlarni ko`zdan kechirdi. Binobarin, yo`l harakati xavfsizligi
maydonchasi, issiqxona hamda kasb-hunar o`rgatishga ixtisoslashgan minimarkazda
bo`ldi. Shuningdek, “Chinobod” mahalla fuqarolar yig`ini ettiligi faoliyatini
o`rganib, faollar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.
Shu kuni vazir o`rinbosari Jizzax viloyati mudofaa ishlari
boshqarmasiga ham bordi. Bu erda tibbiy ko`rik hamda chaqiriluvchilarning salohiyatlarini sinovdan o`tkazish uchun
yaratilgan sharoitlarni ko`zdan kechirib, harbiy xizmatga jo`nab ketayotgan
yoshlar bilan suhbat o`tkazdi.
Davron Nazarmuhammedov Jizzax shahridagi “Bog`ishmamol” mahalla
fuqarolar yig`ini faollari bilan ham uchrashdi. Mazkur jarayonda ettilikning
huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olish hamda mavjud ijtimoiy muammolarni
hal qilish borasidagi faoliyatiga e’tibor qaratildi.
Xuddi shunday, vazir o`rinbosari Jizzax viloyati bo`yicha milliy
gvardiya boshqarmasi faoliyati bilan tanishdi. Bu erda soha vakillarining
jamoat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan faoliyati o`rganilib, harbiy xizmatchilarning
intellektual, jismoniy va jangovar salohiyatini oshirish uchun yaratilgan
sharoitlar ko`zdan kechirildi.
Shu kuni Jizzax viloyati IIB JXX YHXB ro`yxatdan o`tkazish va imtihon
olish bo`limida xodimlar va fuqarolarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishilib,
ish jarayonining kechishiga oid vaziyat tahlil qilindi. Bundan tashqari Davron
Nazarmuhammedov viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasida bo`ldi. Bu erda
kechgan muloqotda qutqaruvchilar va g`avvoslar foydalanuvidagi texnika va
vositalar, shaxsiy tarkib tayyorgarligini oshirish hamda soha vakillarining
imkoniyatlari haqida atroflicha ma’lumot berildi.
Jizzax viloyati IIB axborot xizmati.